Esports Uzbekistan Federatsiyasi 5 yoshga to'lishi munosabati bilan o'zining Full Level School maktabini ochdi
10-noy, 2021 03:13
Esports Uzbekistan Federatsiyasi o‘zining besh yilligini nishonladi. Yubiley munosabati bilan kibersportchilarni professional darajada tayyorlashdan tashqari, dasturlash va chet tillarini o‘rgatadigan FULL LEVEL SCHOOL kibersport akademiyasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz elektron komp'yuter sport turi 2018 yili jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan rasman 100-sport turi sifatida reestrga kiritilgan va sport taqvimidan o‘z o‘rnini egallagan. Hozirgi vaqtgacha federatsiya vazirlik bilan birgalikda ko‘plab loyihalarni amalga oshirdi. Hatto kibersportni rivojlanishiga ham katta e'tibor berilmoqda.
Aziz Pattaxov - Esports Uzbekistan Federatsiyasi prezidenti.

'So‘nggi 5 yil ichida o‘zbekistonlik kibersportchilar futbol klublari bilan rasmiy bitimlar imzolab, barcha kibersport yo'nalishlarida musobaqalarda ishtirok etmoqda. Federatsiya hatto IT va Chet tillari sohasini rivojlantirishga ham ahamiyat beradi'.
ESPORTS ACADEMY:

BARCHA KIBERPORT TURLARI BO'YICHA (KIBERSPORTCHI,MURABBIYLAR, HAKAMLAR VA PROFESSIONAL MUTAXASSISLAR)
IT KURSLAR:

BACK-END, FRONT-END, ANDROID, SMM, MS OFFICE, 3DMAX, WEB DESIGN(UI/UX).
CHET TILI KURSLAR:

INGLIZ, RUS, YAPON, KOREYS, TURK
Federatsiyaning yana bir muhim maqsadi kibersport klublari orqali uning ihlosmandlarini birlashtirish. Ushbu sportning yangi iste'dodlarini kashf etish va ularning ishtiroklarida O'zbekistonni dunyoga tanitish.
Batafsil ma'lumot olish uchun +998 90-818-05-01