Yangiliklar

WSL-2021. Federatsiya prezidenti final bosqichiga yo'l olgan "Team Uzbekistan" a'zolari bilan uchrashdi

9-noy, 2021 16:55

Esports Uzbekistan Federatsiyasi prezidenti Azizbek Pattaxov “World Esports League-2021” (WSL-2021) final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritgan kibersportchilar bilan uchrashuv o’tkazdi. 3ta yo’nalish bo’yicha O’zbekiston nomidan ishtirok etuvchi “Team Uzbekistan” (O’zbekiston milliy terma jamoasi)ning musobaqaga tayyorgarlik rejasi va turnir reglamenti atroflicha muhokama etildi. 



Yakunda “Team Uzbekistan” sharafini himoya qiluvchi kibersportchilar uchun aniq dastur asosida tayyorgarlik ko’rish, hamda Seul shahri mezbonligida o’tadigan turnirda munosib ishtirok etib, Vatanimiz bayrog’ini baland ko’tarish kabi masalalar kelishib olindi.




Eslatib o’tamiz, “PUBG”, “Tekken 7” va “Brawl Stars” yo’nalishlarida o’tkaziladigan musobaqaning final raundi joriy yilning 16-19 dekabr kunlari Janubiy Koreya mamlakatida bo’lib o’tadi.


Izohlar