Yangiliklar

Federatsiya prezidenti Yoshlar ishlari agentligi rahbari bilan uchrashuv o'tkazdi

5-okt, 2021 17:09

Esports Uzbekistan Federatsiyasi prezidenti Azizbek Pattaxov senator va Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv mobaynida ikki tomon hamkorligini yanada mustahkamlash va katta loyihalar amalga oshirish, jumladan, musobaqalar o’tkazish, IT-loyihalar tashkil etish borasida fikr almashildi. 





Shuningdek, olis chekka hududlarda ham musobaqalar o’tkazish va iqtidorli kibersportchilar saralagan holda, “Team Uzbekistan” (Milliy terma jamoa) uchun seleksiya ishlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Istiqbolli rejalar kelishib olindi va tez orada yangi loyihalarni kuting.

Izohlar