Yangiliklar

Eilat-2021. Ertadan "Team Uzbekistan" mintaqaviy saralash bahslariga kirishadi

17-sen, 2021 11:18

Kibersport bo'yicha 13-Jahon chempionatining final bosqichi uchun saralash bahslari davom etmoqda. Ertadan MDH davlatlari mintaqasida "DOTA 2" va "PES" yo'nalishidagi ilk uchrashuvlarga start beriladi.


"Team Uzbekistan" (O'zbekiston milliy terma jamoasi) to’rt yo’nalishda mintaqaviy saralash bosqichida qatnashadi. Quyida MDH mintaqasidagi guruhlarning yo’nalishlar kesimidagi ko’rinishi bilan tanishishingiz mumkin:




DOTA 2

“A” guruhi: Belarus, Qirg’iziston, Armaniston, Qozog’iston

“B” guruhi: Turkmaniston, O’zbekiston, Rossiya, Ozarbayjon, Gruziya


TEKKEN 7

“A” guruhi: Armaniston, Belarus, Rossiya, Qirg’iziston

“B” guruhi: Ozarbayjon, Qozog’iston, Gruziya, O’zbekiston


CS:GO

“A” guruhi: O’zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg’iziston

“B” guruhi: Rossiya, Belarus, Qozog’iston, Turkmaniston


PES

Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Rossiya, Armaniston, Belarus, Gruziya, Ozarbayjon


Ertaga “DOTA 2” va "PES” yo’nalishlarida hamyurtlarimiz — “sh”, “jam3s13”, “REsudota”, “Possession”, “kasper6665” (barchasi - “DOTA 2”) va Salohiddin Esanov (“PES”) Vatanimiz sharafini himoya qilishga kirishadi. Ushbu yo’nalishdagi saralash o’yinlari 24-sentyabrga qadar davom etadi.


“TEKKEN 7” va “CS:GO” o’yinlarining mintaqaviy saralash uchrashuvlari 1-6 oktyabr kunlariga belgilangan.

Izohlar

Generic placeholder image
Maestro15
17-sen, 2021 22:03
Mlbb böyicha chi