Yangiliklar

Osiyo o'yinlari-2022: Kibersport bo'yicha medallar o'ynaladigan yo'nalishlar tasdiqlandi

10-sen, 2021 11:32

Osiyo elektron sport federatsiyasi (AESF) tomonidan taklif bildirilib hamda uning tashabbusi bilan Osiyo Olimpiya kengashi (OCA) tomonidan qo’llab-quvvatlangan - kibersport o’yinlarining 2022-yilgi Osiyo o’yinlari dasturidan o’rin olish masalasi ijobiy hal etilgan edi. Endilikda ushbu yangi zamonaviy sport turi bo’yicha ham Osiyo o’yinlari rasmiy medallari uchun kiberatletlar ham o’ynaydigan bo’lgandi. 


Ushbu yangilik haqida AESF tomonidan ancha yillik a’zo sifatida tan olingan va yaqin yillarda rasmiy “full” a’zosi hisoblangan yurtimizdagi Esports Uzbekistan Federatsiyasi (UESF) ham ushbu qaror Osiyoda kibersportning rivoji yo’lida katta ulkan qadam ekanligi, hamda bu loyihani qo’llab-quvvatlashi haqida UESF prezidenti Azizbek Pattaxov tomonidan bildirib o’tilgandi. Bildirilgan samimiy iliq fikrlarini esa AESF rasmiy saytida rasman elon qilgan edi.




Kuni kecha ushbu sport turida medallar o’ynaladigan yo’nalishlar ma’lum qilindi. Unga ko’ra, 8 yo’nalishda kibersportchilar medallar uchun kurash olib borishadi:


1. Arena of Valor Asian Games Version

2. Dota 2

3. Dream Three Kingdoms 2

4. EA SPORTS FIFA branded soccer games

5. HearthStone

6. League of Legends

7. PUBG Mobile Asian Games Version

8. Street Fighter V


Shuningdek, quyidagi ikki yo’nalishda esa ko’rgazmali chiqishlar va bahslar o’tkazilishi rejalashtirilgan:


1. AESF Robot Masters-Powered by Migu

2. AESF VR Sports-Powered by Migu.




Kelasi yil Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qiladigan yozgi Osiyo o’yinlarida O’zbekiston delegatsiyasi safida kibersportchilarning bo’lishi va ushbu nufuzli musobaqada medallar uchun o’ynaydigan milliy terma jamoa Team Uzbekistan a’zolari bo’lgan kibersportchilar ushbu xalqaro katta maydonda munosib qatnashishlari uchun Esports Uzbekistan Federatsiyasi alohida dastur ishlab chiqqan holda, tayyorgarlik, seleksiya va saralash bosqichlarini o’tkazishni boshlab yuborgan.


Umid qilamizki, kelajakda real sportchilar qatori virtual turdagi sportchilar ham yurtimiz bayrog’ini baland ko’targan holda madhiyamizni jahon uzra yangratib oltin va ko’plab medallarimiz soni oshishida xizmat qilishadi.