Xabar berib o’tganimizdek, bolalar kibersporti bo’yicha tashkil etilayotgan ilk musobaqaning grand final uchrashuvlari kecha “Milliy” stadioni hududida joylashgan UZ Arenada bo’lib o’tdi. Esports Uzbekistan rahbariyati yosh kibersportchilarni futbolga jalb etish, ularning ushbu sport turiga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va turnir ishtirokchilarini o’zbek futboliga oid tarixiy faktlar bilan tanishtirish maqsadida “Milliy” stadioni bo’ylab ekskursiya tashkil etdi.

Tashrif davomida yosh kibersportchilar stadion hududida nafaqat muxlislar, balki futbolchi va futbol jamoatchiligi uchun yaratilgan kech imkoniyatlar, shuningdek “Milliy” stadioni muzeyidan o’rin olgan qimmatli ma’lumotlar va tarixiy voqeliklar bilan yaqindan tanishishdi.

Ta’kidlash joizki, ushbu ekskursiya maktab o’quvchilarining futbolga bo’lgan mehrlarini ortishiga xizmat qildi.

Published
Views 80

Comments

No Comments

Leave a Reply

RSS Cybernews