Avval xabar berib o’tganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda, Yoshlar Ittifoqi ko’magida Esports Uzbekistan tomonidan tashkil etilayotgan WESG xalqaro turniri yo’llanmasi uchun milliy saralash bahslari 3 ta bosqichda tashkil etilmoqda.

Saralash tartibiga muvofiq viloyat bosqichi bellashuvlari 15-27 oktabr kunlari o’tkazildi. 6 ta sektor bo’ylab LAN yo’nalishida o’tkazilgan bahslarda eng iqtidorli kibersportchilar Respublika bosqichiga saralab olindi. Umumiy hisoblaganda ushbu bosqichda 200 dan ortiq kibersportchilar qatnashishdi. Hozirda ONLAYN yo’nalishida qatnashuvchi kibersportchilar bellashishmoqda. Shuningdek, 24-oktabrdan e’tiboran Toshkent shahar bosqichi start olgan.

Published
Views 103

Comments

No Comments

Leave a Reply