Alibaba Sports va Esports Uzbekistan Federatsiyasi o’rtasida uzoq yillik shartnomaga erishilganligi hamda, kelasi yil kibersport o’yinlari bo’yicha bo’lib o’tadigan jahon chempionati (WESG) musobaqasining milliy saralash bosqichi o’tkazilish sanalari ma’lum bo’lganligini e’lon qilamiz.

15-oktabrdan e’tiboran Respublikamiz bo’ylab WESG musobaqasi uchun yo’llanmalar o’ynaluvchi milliy saralash o’yinlari start oladi. Viloyat, poytaxt, mahalliy chempionlar va grand final bosqichidan iborat bo’lgan saralash sikli 12-noyabrga qadar davom etadi.

Ro’yxatdan o’tish uchun quyidagi havolaga o’ting:
https://forms.gle/xp6CwGmLQJqZx7J9A

Eslatma: ro’yxatdan o’tayotganingizda o’zingizga eng yaqin va qulay sektorni tanlashingiz kerak, barcha ma’lumotlar to’g’ri kiritilishi talab etiladi.

Musobaqa reglamenti va turnir haqidagi barcha ma’lumotlar saytimiz hamda kanalimiz orqali batafsil berib boriladi.

Published
Views 85

Comments

No Comments

Leave a Reply