Xabaringiz bor, Alibaba Group kompaniyasining Alibaba Sports tashkiloti bilan Esports Uzbekistan federatsiyamiz uzoq yillik shartnomaga erishdi. Kelasi yil Xitoy mamlakati mezbonlik qiluvchi WESG 2020 xalqaro turniri uchun milliy saralash bellashuvlari o’z yakuniga yetdi.
Eslatma sifatida saralashning hal qiluvchi grand final uchrashuvlaridan olingan eng sara fotosuratlarni e’tiboringizga havola etamiz:

Fursatdan foydalanib, musobaqani yuqori saviyada tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yoshlar Ittifoqi, “Avtech” kompaniyasi va o’z jonkuyarligini ayamagan UZ Arena, Globus, Infiniti, Fidanza, Elefan, AdrenaliNet, Cyberzone hamda, InGame kibersport klublari, tashkiliy ishlarda o’z mehnatini ayamagan biz bilan doim yelkadosh bo’lgan kibersport jonkuyarlariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Kelgusida ham ushbu tashkilotlar bilan Vatanimiz kibersporti rivoji yo’lida samarali hamkorlikni birgalikda ravnaq uchun intilishni davom ettirishga tayyormiz va qilgan yordamlari hamda mehnatlari unutilmas tarix bo’lib qoladi!

Published
Views 57

Comments

No Comments

Leave a Reply