Kibersport o’yinlari bo’yicha bo’lib o’tayotgan Jahon chempionati musobaqasi hamyurtimiz Salohiddin Esanov uchun o’z yakuniga yetdi. Kecha guruhning so’nggi 2 tur bahslari o’tkazildi va ushbu o’yinlarda kibersportchimizga biroz xalqaro tajriba va hotirjamlik yetishmadi.

Ammo, shunday bo’lsa-da Salohiddin o’z guruhida eng ko’p gol kiritgan va eng yaxshi to’plar nisbatiga ega ishtirokchiga aylana oldi. Pley-off yo’llanmasi uchun Esanovga atiga 1 ochko yetishmadi.

WESG – “Pro Evolution Soccer” futbol simulyatori yo’nalishidagi mamlakatimiz kibersportidagi ilk xalqaro darajadagi musobaqa bo’lganligini inobatga oladigan bo’lsak, Salohiddin Esanovning ko’rsatgan natijasi –  kibersportimiz to’g’ri yo’lda rivojlanayotganligini ko’rsatadi. Va eng muhimi, kelgusida bunday xalqaro turnirlarda bundan-da ijobiy natijalar qayd etish uchun poydevor qo’yildi.

O’zining chiroyli, hujumkor va tomoshabop futboli bilan bir necha muxlislar orttira olgan O’zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi kibersportchisi Salohiddin Esanovga ishtirok uchun rahmat aytamiz. Uning kelgusi faoliyatidagi natijalari faqat g’alabali onlar bilan boy bo’lishiga tilakdoshmiz!

Published
Views 101

Comments

No Comments

Leave a Reply