WESG turnirida ishtirok etayotgan O’zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi kibersportchisi Salohiddin Esanov bugun yana 2 raqibga qarshi bahslarga kirishadi.

Ilk qarama-qarshilik gretsiyalik Nieris Konstantinos Sotiris (PhaNtOm_Duck-95)ga qarshi Toshkent vaqti bilan 11:00 da boshlanadi. 2 o’yindan iborat bo’lgan bahslardagi g’alaba Salohiddinga muddatidan avval pley-off yo’llanmasini taqdim etishi mumkin.

So’nggi tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi. Unda Marokashdan kelgan “Mrromantiik” vakilimizga raqiblik qiladi.

Bugungi bellashuvlarda Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan hamyurtimizga omad tilab qolamiz!

Published
Views 103

Comments

No Comments

Leave a Reply