Yangiliklar

"Full Level Esports Center" professional kibersport arenasi o'z faoliyatini boshladi

25-avg, 2021 22:46

Poytaxtimiz markazida ya'ni Toshkent teleminorasi ro'parasida joylashgan professional kibersport arenasi - "Full Level Esports Center" tantanali tarzda ochildi. Esports Uzbekistan Federatsiyasi, "UzReport TV" va "Full Level" kompaniyasi o'zaro hamkorlikda yangi loyihaga start berdi.

Ochilish marosimida bir qator taniqli tadbirkorlar, jumladan "MFaktor" loyihasi va "Dekos", "Office Market" asoschilari Hasan va Husan Mamasaidovlar, hamda sport mutassadilari, taniqli kibersportchi va boshqa mehmonlar tashrif buyurdi.