Yangiliklar

IESF tomonidan tashkil etiladigan 13-Jahon chempionatida 85 mamlakat qatnashadi. Ular orasida O'zbekiston ham bor

26-may, 2021 16:52

Xalqaro kibersport federatsiyasi (IESF) Isroilning Eylat shahri mezbonligida o'tadigan 13-Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 85 mamlakat nomini e'lon qildi. Ayni vaqt bu ko'rsatkich rekord hisoblanib, o'tgan 2020-yilda 61ta mamlakat ushbu jahon birinchiligida qatnashishgan edi. Ta'kidlash joizki, bu o'zbekistonlik kibersportchilarning ikkinchi ishtiroki sifatida tarixga kiradi. Xabaringiz bor, Esports Uzbekistan Federatsiyasi IESF'ning rasmiy a'zosi hisoblanib, O'zbekistondagi milliy saralash bosqichini o'tkazadi.