Yangiliklar

IeSF kibersport bo'yicha bo'lib o'tadigan jahon chempionati uchun ro'yxatga olishni boshladi

19-apr, 2021 13:54

An'anaga ko'ra har yili "International Electronic Sports Federation" (IeSF) xalqaro tashkiloti tomonidan "eSports World Championship" (kibersport bo'yicha jahon chempionati) tashkil etib kelinmoqda. O'z tarixida 13-bor o'tkaziladigan jahon birinchiligining final raundiga Isroilning Eylat shahri mezbonlik qiladi. O'z navbatida Esports Uzbekistan Federatsiyasi "Team Uzbekistan" (Milliy terma jamoa) uchun saralash turnirini o'tkazadi va yakunda, terma jamoa a'zoligiga kirgan kibersportchilar mintaqaviy final bosqichlarida qatnashishadi. Ayni shu ishtirokchilar oflayn-formatda grand-final yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.