Yangiliklar

Esports Uzbekistan Federatsiyasi va IESF o'rtasida navbatdagi videokonferensiya tashkil etildi: tez orada qit'amizda yangi kibersport musobaqasi o'tkaziladi

18-apr, 2021 22:33

Esports Uzbekistan Federatsiyasi hamda "International Electronic Sports Federation" (IeSF) xalqaro tashkiloti o'rtasida navbatdagi videomuloqot ko'rinishdagi konferensiya bo'lib o'tdi. Unda IeSF bosh kotibi Imi Park, "New Horizons Alliance" bosh kotibi Nidxi Badjaj shuningdek, O'zbekiston va Turkmaniston kibersport vakillari ishtirok etdi. Videomuloqot davomida mutasaddilar O'zbekistonda kibersportni rivojlantirish yo'nalishida olib borilayotgan ishlar va respublika miqyosida bo'lib o'tayotgan musobaqalar haqida so'z yuritishdi.