Muhtaram prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusning 3-yo’nalishi aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan bo’lib, bevosita ushbu yo’nalish kompyuter sportini ommaviylashtirish va rivojlantirishni ham o’z ichiga qamrab oladi.

Kuni kecha poytaxtimizning Uchtepa tumanida joylashgan yangi ochilgan Eko bog’da kibersport tadbiri o’tkazildi. O’zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi vakillari va Federatsiya prezidenti Azizbek Pattaxov ham ushbu tadbir ochilishida ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar uchun kompyuter o’yinlarining ijobiy tomonlarini ko’rsatish va yurtimzida ushbu yangi sport turining ommalashuvini ta’minlashdan iborat.

Tadbirda qatnashgan ishtirokchilar kompyuter va “PlayStation” platformasida turli kibersport o’yinlarini o’ynab ko’rish orqali ushbu soha haqida kichik tasavvurlarga ega bo’lishdi. Shuningdek, barcha uchun ochiq tarzda tashkil etilgan tadbir ko’pchilikda ijobiy taassurot qoldira oldi.

 

Published
Views 239

Comments

No Comments

Leave a Reply

RSS Cybernews