Xabaringiz bor, yurtimiz bo’ylab mamlakat rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi bo’yicha bosqichma-bosqich keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu qatorda, Esports Uzbekistan Federatsiyasi ham 3-tashabbusdan o’rin olgan kompyuter sporti (kibersport)ni yoshlar orasida ommalashtirish, yoshlarni kompyuter va boshqa platformadagi o’yinlarni to’g’ri maqsadda o’ynashga yo’naltirish bo’yicha Toshkent axborot texnologiyalari universitetida navbatdagi kibersport turnirini tashkil etdi.

Universitet talabalari va boshqa kibersportchilar ishtirok etgan musobaqa “FIFA 19” va “PES 2019” yo’nalishlari bo’yicha o’tkazildi. Qizg’in kechgan bahslar yakunida har ikkala yo’nalishda ham aynan ushbu oliy ta’lim muassasasi talabalari g’oliblikni qo’lga kiritishdi. “FIFA 19” simulyatorida Olimov Azizga teng keladigan raqib topilmadi, shuningdek, yaqindagina kibersport o’yinlari bo’yicha tashkil etilgan Jahon chempionatida munosib ishtirok etib qaytgan Esanov Salohiddin “PES 2019” yo’nalishida yana bir bor tengsiz ekanligini isbotladi.

G’oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alari va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. Qayd etish lozimki, Esports Uzbekistan barcha sovrindor kibersportchilar uchun O’zbekiston Professional Kibersport Ligasida imtiyozli tarzda ishtirok etish yo’llanmalarini taqdim etdi.

Published
Views 66

Comments

No Comments

Leave a Reply