Ayni paytda Xitoyning Chunsin shahrida kibersport o’yinlari bo’yicha Jahon chempionati (WESG) o’yinlari o’tkazilmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada hamyurtimiz Salohiddin Esanovning ishtirok etayotgani haqida yangiliklarimiz orqali Sizlarni xabardor qilib kelmoqdamiz.

Xitoy mamlakatida kibersportchimizdan tashqari O’zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi prezidenti Azizbek Pattaxov va federatsiyaning xalqaro aloqalar bo’limi rahbari Sanjar Usmanovlar ham bo’lib turishibdi.

Kibersport sohasida ko’zga ko’ringan tashkilot va federatsiyalar jam bo’lgan “maydonda” qizg’in muzokaralar va yangi kelishuvlarga erishish imkoni paydo bo’ladi. Esports Uzbekistan ana shunday imkoniyatdan unumli foydalangan holda, bir necha tashkilot va federatsiyalar bilan hamkorlik loyihalarini kelishishga muvaffaq bo’ldi. Milliy terma jamoamiz delegatsiyasi vakillari Xitoydagi musobaqadan katta tajriba to’plagan holda, kibersportni rivojlantirish bo’yicha katta yangiliklar, yangi istiqbolli loyiha va kelishuvlar bilan yurtimizga qaytishiga ishonamiz!

Published
Views 138

Comments

No Comments

Leave a Reply