O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo’lib o’tgan edi. Ushbu videoselektorda, shuningdek, yurtboshimiz ilgari surgan muhim 5 ta tashabbus ijrosini amalga oshirish bo’yicha ham kerakli ko’rsatmalar berilgan edi.

5 ta tashabbusning 3-yo’nalishi hisoblangan “aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan” dasturga muvofiq O’zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi O’zbekiston Respublikasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi, hamda Toshkent shahar hokimiyati bilan hamkorlikda Uchtepa tumanida joylashgan umumta’lim maktablarida kibersport musobaqalarini tashkil etmoqda va ayni paytga kelib, tumandagi 1-2-sektor hududida joylashgan 4-14-62-81-106-123-194-203-228-245-251-287-295-296-297–312 umumta’lim maktablarining 5-11 sinf o’quvchilari o’rtasida “FIFA 19” va “PES 2019” futbol simulyatorlari yo’nalishidagi grand-final bellashuvlari uchun saralash bahslari o’tkazildi.

Har bir maktabdan 5 nafar ishtirokchi qatnashgan musobaqada, har bir sektordan 4 ta eng yaxshi kibersportchilar 30-31 may kunlari “1-iyun – Xalqaro bolalar kuni” munosabati bilan tashkil etiladigan grand-final yo’llanmasini qo’lga kiritishdi. Grand final uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish bo’yicha katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Navbatdagi uchinchi va to’rtinchi sektor hududidagi bellashuvlar 27-28 may kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan va ushbu bellashuvlar orqali navbatdagi 8 grand-finalchi nomi ma’lum bo’ladi.

Published
Views 221

Comments (1)

  • Xo'Ja
    26.05.2019 at 09:11 Reply
    Shu musoba ishtirokchisiga qanday aylanish mumkin

Leave a Reply