“PCL” 2020-yilgi mavsum o’yinlari start olmoqda

O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O’zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi, Yoshlar Ittifoqi, O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda, Toshkent shahar hokimiyati bilan hamkorlikda Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi doirasida yilning eng muhim kibersport musobaqalaridan birini e’lon qiladi. Joriy yilning 10-martidan 31-iyuliga qadar kibersportning 12 ta yo’nalishida Professional Kibersport Ligasi doirasida […]

Batafsil

3-tashabbus doirasida yoshlar o’rtasida yana bir kibersport musobaqasi o’tkazildi

Xabaringiz bor, kuni kecha “Yoshlar ijod saroyi”da o‘tkazilgan yoshlar festivali doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O’zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi tomonidan kiberfutbol turniri tashkil etildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Esports Uzbekistan Federatsiyasi hamkorlikda tadbirga kelgan yoshlar o‘rtasida “FIFA 2020” kiberfutbol turniri o‘tkazdi. Mazkur musobaqada festivalga kelgan 200 nafardan ortiq […]

Batafsil

O’zbek kibersporti tarixidagi hokimiyat bilan tuzilgan birinchi katta hamkorlik yo’lga qo’yildi

Esports Uzbekistan Uchtepa tuman hokimiyati bilan birgalikda kibersportni rivojlantirish yo’lida hamkorlik qiladi. Xabaringiz bor, O’zbekistonda kibersportni rivojlantirish, yoshlarni ushbu sport turiga keng jalb qilish va xalqaro arenalarda mamlakat sharafini munosib himoya qilish maqsadlari yo’lida Esports Uzbekistan bosqichma-bosqich o’z loyihalarini amalga oshirmoqda. Kuni kecha Federatsiya rahbariyati va Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimligi mutasaddilari o’rtasida uchrashuv tashkil […]

Batafsil

Esports Uzbekistan federatsiyasi “ШОС Esports”ning ilk a’zolaridan biriga aylandi

Xizmat safari davomida Federatsiya delegatsiyasi 2019-yil 8-9-yanvar kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida “Один пояс – один путь” shiori ostida bo‘lib o‘tgan birinchi xalqaro kibersport konferensiyasida ham ishtirok etdi, hamda tan olingan federatsiyalardan biri sifatida Konferensiya natijalari bo‘yicha tashkil etilgan “ШОС Esports” xalqaro ittifoqi a’zoligiga kirgan ilk federatsiyalardan biri bo’ldi. Shuningdek, qayd etish kerakki, Federatsiya […]

Batafsil

Esports Uzbekistan rahbariyati AESF konferensiyasida ishtirok etdi

Xabar berganimizdek, 2020-yilning ilk kunlarida Esports Uzbekistan delegatsiyasi vakillari “e-Masters Cup 2020 Chengdu” musobaqasining mintaqaviy saralash bahslarida ishtirok etish uchun Tailandning Bangkok shahriga yo’l olgan edi. Musobaqa bilan parallel ravishda AESF tomonidan tashkil etilgan konferensiyada ham Esports Uzbekistan rahbariyati ishtirok etdi. U yerda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi loyihalar yuzasidan taqdimot o’tkazildi. Ta’kidlash joizki, Esports […]

Batafsil