Xabar berib o’tganimizdek, 17-avgust oqshomida O’zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi binosida O’zbekistonda birinchi bor paralimpiyachilar (nogironlar) o’rtasida kibersport musobaqasi bo’lib o’tdi. Kechagi musobaqaning ilk ishtirokchilari va chempionlari tarixga kirishga muvaffaq bo’lishdi.

Ishtirokchilarning imkoniyati cheklangan bo’lishiga qaramay, hayotga bo’lgan intilish va sportchilarga xos bo’lgan ishtiyoq – paralimpiyachilar o’rtasidagi bahslarning qizg’in ruhda kechishiga zamin yaratdi. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, musobaqadan hech kim sovrinsiz ketmadi: dastlabki bosqichdayoq mag’lubiyatga uchragan qatnashchilarga homiy tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi va bu yosh sportchilarga quvonch bag’ishlagani ham sir emas. O’z navbatida sovrinli o’rinni egallagan ishtirokchilarga qimmatbaho sovrinlar – telefon, PowerBank, musiqa eshitish qurilmalari va shu kabi esdalik sovg’alari topshirildi. Musobaqaning ikki yo’nalishidagi har bir g’olib ishtirokchiga super sovg’a PlayStation 4 o’yin qurilmasi tantanali ravishda topshirildi. “FIFA 19” yo’nalishida Umarov Mirkomilga teng keladigan sportchi topilmadi, “PES 2019” yo’nalishida esa Qurbonov Mirjalol hammani mag’lub etib chempionlikka erishdi.

Musobaqaning yuqori saviyada tashkil etilishida Esports Uzbekistan federatsiyasiga yaqindan yordam bergan O’zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda, Uzmobile va Ucell homiylariga o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz!

Published
Views 36

Comments

No Comments

Leave a Reply

RSS Cybernews