13-may kuni boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatining uchinchi turniri yana-da shiddatli kechdi.

Quvonarlisi, bu safar musobaqa ishtirokchilari soni anchagina ortdi. chess.com saytining Fair Play jamoasi tomonidan taqdim etilgan xulosaga koʻra uchinchi turnirda bosh sovrin 9 yoshli bola Humoyun Bekmurodovga nasib etdi. Humoyun shaxmat bilan bir necha yildan beri shugʻullanib keladi, reytingdagi ochkosi esa 2010tani tashkil etmoqda.

Yana bir eʼtiborga molik jihat, uchinchi turnirga kelib musobaqa qoidasini qoʻpol ravishda buzish holatlari keskin kamaydi, ammo butunlay barham topgani yoʻq.

Biz Humoyun Bekmurodovni shaxmat boʻyicha birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionati uchinchi turniridagi gʻalabasi bilan tabriklaymiz. Qolganlarga esa halol kurashda chiroyli gʻalabaga erishishlarini tilab qolamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Published
Views 65

Comments

No Comments

Leave a Reply