O’zbekiston Professional Kibersport Ligasi uchun saralash vazifasini o’tagan “New Year Cup” turniri kuni kecha o’z yakuniga yetdi. Musobaqaning grand-final uchrashuvlari murosasiz kurashlarga boy tarzda o’tdi.

Dastavval, “Pro Evolution Soccer 2019” yo’nalishida musobaqa chempioni aniqlandi. Unga ko’ra, WESG xalqaro turnirida ishtirok etib qaytgan, Salohiddin Esanov “New Year Cup” turnirining g’olibiga aylandi. “FIFA 19” yo’nalishida “Aziz AMO” taxallusi bilan tanilgan yosh kiberfutbolchi chempionlikka erishdi.

“Clash Royale” yo’nalishida “Tiankami” g’olib bo’lgan bo’lsa, “PUBG mobile” o’yini bo’yicha “Gods” va “Black Force” jamoalari chempion nomiga sazovor bo’lishdi.

 

“World of Tanks” yo’nalishi bo’yicha “Русские Камикадзе” jamoasi “New Year Cup” turniri g’olibiga aylanishdi.

“CS:GO” shuterida “SoloGaming” jamoasi raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Kibersport olamida eng ommabop sanalgan “DOTA 2” yo’nalishidagi grand final uchrashuvi 5 soatga yaqin davom etdi va yakunda “Cyber Tashkent” jamoasi “Raphtalia” ustidan qiyin g’alabaga erishgan holda, musobaqada zafar qozondi.

Turnir davomida faol ishtiroklari bilan bahslarga murosasizlik olib kira olgan, chiroyli o’yinlari bilan ko’pchilikning olqishlariga sazovor bo’lgan bir necha kibersportchi va kibersport jamoalariga kelgusi bahslarda omad tilab qolamiz. Shuningdek, yosh bo’lishiga qaramay, tashkilotchilik masalasida o’zining yordamini ayamagan Safarov Jafarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Tez kunda O’zbekiston Professional Kibersport Ligasi taqvimi, ishtirokchilar ro’yxati va to’liq reglamentlar haqida batafsil ma’lumotlar beramiz.

 

 

Published
Views 157

Comments

No Comments

Leave a Reply

RSS Cybernews