Xabaringiz bor, yurtimizda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha muhim 5 ta tashabbus yuzasidan keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Tashabbusning 3-yo’nalishi hisoblangan “aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan” dasturiga muvofiq yoshlar o’rtasida kompyuter sporti (kibersport)ni ommaviylashtirish va rivojlantirish bo’yicha amaliy ishlar jadal sur’atlarda boshlandi. Shu qatorda, O’zbekiston tarixida birinchi bor kibersportda ham kasbiy faoliyat rasman tasdiqlandi. Ushbu yo’nalishda hakamlik qilish – rasmiy kasbiy faoliyat sifatida ro’yxatdan o’tkazildi va ushbu jarayon kibersport bellashuvlarida shaffoflikni yanada yuqori darajaga olib chiqishiga xizmat qiladi. Shuningdek, kelgusida murabbiylik faoliyati yuzasidan ham ijobiy yangiliklar kutib turibdi.

Federatsiya oldida turgan yana bir muhim vazifalardan biri bo’lmish – malakali hakamlarni tayyorlash dasturi xususida tez orada batafsil ma’lumotlar taqdim etamiz. Shuningdek, ilk o’zbekistonlik 15 nafar kibersport hakamlari ro’yxati ham e’tiboringizga havola etiladi!

Published
Views 136

Comments

No Comments

Leave a Reply