EA Sports kompaniyasi tomonidan sport simulyatorlarining bir necha turlari omma e’tiboriga havola etilgan: futbol, basketbol, regbi, amerika futboli, xokkey va UFC shular jumlasidan. Mana bir necha yillardan buyon FIFA futbol simulyatori kibersport sohasida eng ommaviy sport simulyatori sifatida e’tirof etib kelinmoqda.


Shimoliy o’lkalarda sevib o’ynaluvchi xokkey sport turining ham reallikka yaqin bo’lgan virtual varianti geymerlar orasida iliq kutib olindi va ushbu simulyator ham keng auditoriya jalb etishni boshladi. Shu sababli, NHL nomi ostida ishlab chiqariluvchi o’yin – sekin-asta kibersport o’yinlari qatoriga kirib kelmoqda. Joriy yildan e’tiboran ko’pgina bukmekerlik kompaniyalari ham kiberxokkey musobaqalari uchun stavkalar joriy etdi va aynan ushbu jarayonlar kiberxokkeyning yanada ommalashuviga zamin yaratsa ajab emas.

2020-yildan boshlab, NHL simulyatori bo’yicha munzatam musobaqalar tashkil etilishi va katta pul mukofotlari o’ynalishi kompaniya mutassadilari tomonidan ta’kidlanmoqda.

Published
Views 91

Comments

No Comments

Leave a Reply