O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda, Esports Uzbekistan “Ucell” aloqa kompaniyasi homiyligida yilning eng qaynoq, eng kutilgan va eng yirik kibersport musobaqasini o’tkazishdi. Respublikamiz bo’ylab #ESPORTSTOUR heshtegi ostida o’tkazilgan musobaqada mingdan ortiq yosh, havaskor va professional kibersportchilar qatnashishdi.

#ESPORTSTOUR doirasida shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziriligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan O’zbekiston Professional Kibersport Ligasi birinchi mavsumining hal qiluvchi bellashuvlari bo’lib o’tdi va sovrindor kibersportchilar uchun WESG (kibersport o’yinlari bo’yicha jahon chempionati)ning milliy saralash bosqichiga kvotalar ham taqdim etildi. Shuningdek, “ICTWEEK UZBEKISTAN” haftaligi doirasida O’zbekiston tarixida ilk bor kibersport ko’rgazmasi tashkil etildi!

Musobaqa to’rt yo’nalishda tashkil etildi: FIFA 19, PES 2019, Counter Strike: Global Offensive, DOTA 2. Respublika bo’ylab 6 ta sektor tanlab olindi va har bir sektordagi bellashuvlar quyidagi tartibda o’tkazildi:

19-sentabr kuni Sirdaryo shahri;
20-sentabr kuni Samarqand shahri;
21-sentabr kuni Nukus shahri;
22-sentabr kuni Qarshi shahri;
24-sentabr kunlari Farg’ona shahri;
26-sentabr kunlari Toshkent shahri;
27-SENTABR KUNI TOSHKENT SHAHRI, “UZEXPO” MARKAZI. GRAND FINAL.

Viloyat bosqichida sovrinli o’rinlarni egallagan ishtirokchilar “ICTWEEK UZBEKISTAN” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida tashkil etiladigan grand-final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi. Grand final bahslari yuqori saviyada tashkil etildi va tomoshabop uchrashuvlarni taqdim etdi.

 

Published
Views 95

Comments

No Comments

Leave a Reply

RSS Cybernews