Esports Uzbekistan barcha kiberfutbolchilarni UEFA Chempionlar Ligasi turnirida kuch sinashishga taklif etadi!

Klublar o’rtasidagi eng nufuzli turnir hisoblanmish – UEFA Chempionlar Ligasida endi Siz ham ishtirok etishingiz mumkin. O’zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi Siz uchun mana shunday imkoniyatni taqdim etadi. Ishtirok etish uchun 2019/2020-yilgi mavsumda YeCHLda ishtirok etayotgan jamoalardan birini tanlashingiz va ushbu jamoa uchun belgilangan narx asosida haridni amalga oshirishingiz zarur.

Qur’a ro’yxatidan o’zingiz muxlislik qiladigan sevimli jamoangizni tanlang va o’z jamoangiz bilan FIFA 19 simulyatorida chempionlik shohsupasiga ko’tariling! 5-aprel (juma) kuni soat 17:00 da A/B/C/D guruh o’yinlari bo’lib o’tadi. 6-aprel (shanba) oqshomida E/F/G/H guruhlaridagi bahslarga start beriladi.

Pley-off uchrashuvlari 7-aprel (yakshanba) kuni o’tkaziladi!

Narxlar har bir klubning chempionlik imkoniyatidan kelib chiqqan holda belgilangan (narxlar so’mda ko’rsatilgan).

Sovrin jamg’armasi 1 850 000 so’mga teng bo’lgan turnirda o’z jamoangiz bilan sovrinli o’rinlardan birini band etib, quyidagi mukofot pullariga ega bo’ling:

1-o’rin: 750 000 so’m
2-o’rin: 450 000 so’m
3-o’rin: 300 000 so’m
4-o’rin: 150 000 so’m
5-8-o’rinlar*: 50 000 so’m

*Chorak final ishtirokchilari minimum 5-8-o’rinlarni egallashadi.

Eslatma: Turnirda qatnashish uchun faqatgina tanlangan klub uchun to’lov amalga oshiriladi, badal (взнос) va o’ynalgan vaqt to’lovi mavjud emas!

✅ Ro’yxatdan o’tish uchun telegram orqali @sabitovxusan ga murojaat qiling!

Published
Views 623

Comments

No Comments

Leave a Reply

RSS Cybernews