Xabaringiz bor, “New Year Cup” turniri doirasida “FIFA 19” yo’nalishidagi guruh bosqich bahslari o’z yakuniga yetdi.  1/16 pley-off bosqichining juftliklari nomi ma’lum.

Unga ko’ra, 11-mart kuni “Farrux” va “Shava_LFC” kiberfutbolchilari o’rtasidagi bahs – pley-off bosqich uchrashuvlarini boshlab beradi.

Shu kunning o’zidayoq chorak va yarim final bosqichidagi uchrashuvlar ham bo’lib o’tadi. Faqatgina final va 3-o’rin uchun bo’lib o’tadigan bahslar 25-mart kuni o’tkazilishi rejalashtirilgan.

11-mart, dushanba kuni barcha pley-off ishtirokchilarini UZ Arena’ga 18:00 dan kechikmagan holda, yetib kelishlarini so’rab qolamiz. Onlayn bahs olib borish istagida bo’lgan ishtirokchilar telegram orqali @sabitovxusan ga murojaat qilishlari lozim. Barcha pley-offchilarga omad tilab qolamiz!

 

 

Published
Views 134

Comments

No Comments

Leave a Reply

RSS Cybernews