FIFA 19 futbol simulyatori yo’nalishida tashkil etilgan UEFA Chempionlar Ligasi musobaqasi o’z yakuniga yetdi. Klublar o’rtasidagi eng nufuzli musobaqa – kibersportchilarga haqiqiy futbol atmosferasini taqdim eta oldi.

Pley-off bosqichining ilk to’qnashuvlaridanoq kuchli qarama-qarshiliklar guvohiga aylandik. Musobaqa chempionligi yo’lida asosiy favorit hisoblangan kiberfutbolchilar chorak finaldayoq ro’baro kelishdi. Yarim final bosqichi final oldidan final maqomida o’tdi va yakunda “Liverpul”, “Bavariya” jamoalari final chiptasini qo’lga kiritishdi.

Finalda nemis klubini harid qilgan Aziz Raximov, “mersisaydliklar”ni boshqargan Qahramon Solihboyevni mag’lub etib, UEFA Chempionlar Ligasi turnirining g’olibiga aylandi. G’olib va sovrindorlar pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, Aziz Raximovga chempionlik kubogi ham topshirildi.

Federatsiya kelgusida ham mana shunday havaskor turnirlar tashkil etishda va kiberfutbolchilar o’rtasidagi sog’lom raqobatni qo’llab-quvvatlashda davom etadi!

 

 

Published
Views 101

Comments

No Comments

Leave a Reply