Qadrli do’stlar!

Yakuniga yetayotgan 2019-yilda federatsiyamiz tomonidan kibersportni rivojlantirish va ommalashtirish yo’lida bir qator ishlar amalga oshirildi va salmoqli yutuqlar qo’lga kiritildi. Jumladan:

– kibersport yo’nalishi O’zbekistonda rasmiy sport turlari reestridan ro’yxatdan o’tdi va mamlakatimizdagi rasmiy 100-sport turi sifatida qayd etildi;

– Esports Uzbekistan AESF (Osiyo elektron sport federatsiyasi)ga a’zo bo’ldi;

– WESG 2019 Central Asia – PES 2019 yo’nalishida Esanov Salohiddin O’rta Osiyo saralash bosqichida mutlaq chempionlikni qo’lga kiritdi;

– WESG – jahon chempionati tarixida ilk bor o’zbekistonlik kibersportchi (Esanov Salohiddin) musobaqa final bosqichida ishtirok etdi (Chunsin, Xitoy);

– O’zbekiston kibersporti tarixida birinchi marta Professional Kibersport Ligasi joriy etildi va Liganing ilk mavsumida 200 ga yaqin professional kibersportchilar ishtirok etishdi;

– Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “5 ta muhim tashabbus” doirasida bolalar, o’smirlar va yoshlar o’rtasida kibersport musobaqalarida 3 mingdan ziyod havaskor kibersportchilar qatnashishdi;

– Ilk bor (paralimpiyachilar) nogironligi bor fuqarolar o’rtasida ham kibersport musobaqasi tashkil etildi;

– O’zbekistonda birinchi marta kibersport bo’yicha milliy terma jamoa “Team Uzbekistan” tashkil etildi va unga jahonning mashhur kibersportchilaridan biri Akbar “SoNNeikO” Butayev sardorlik qildi;

– WESG 2020 saralashining O’rta Osiyo bosqichida bu safar “Team Uzbekistan” ikkita kvotani qo’lga kirtildi.

Esports Uzbekistan federatsiyasi Alibaba Sports bilan uzoq yillik hamkorlik qilish bo’yicha kelishuvga erishdi. Shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi, MITC va Rossiya kibersport federatsiyasi bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Umid qilamizki, 2020-yil bundan-da muvaffaqiyatli va yuqori natijalarga boy yil bo’ladi.

2019-yilda biz bilan hamkorlik qilgan barchaga o’z minnatdorchiligimizni bildirgan holda, kelgusida ham samarali hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdormiz.

Kirib kelayotgan yangi 2020-yil barchangizga muborak bo’lsin!

Published
Views 68

Comments

No Comments

Leave a Reply

RSS Cybernews