Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbus yo’nalishidan o’rin olgan “aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan” dasturga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Esports Uzbekistan Federatsiyasi, hamda Toshkent shahar hokimiyati o’zaro hamkorlikda Uchtepa tumanida joylashgan 32 ta maktabni o’z qamroviga olgan kibersport musobaqasi o’z yakuniga yetdi.

Qiziqarli va qizg’in kurashlarga boy kechgan turnir ishtirokchi va tashrif buyurgan mehmonlar uchun haqiqiy kibersport atmosferasini ulasha oldi. Vazirlik, federatsiya, hokimiyat mutasaddilari, taniqli sharhlovchi Mirzahakim To’xtamirzayev va estradamiz yorqin yulduzi Shoxrux ishtirok etgan tadbir barchaga ko’tarinki kayfiyat taqdim etdi.

“PES 2019” yo’nalishida 3-o’rinni 193-maktab o’quvchisi Yusupjonov Ismoil egalladi. Birinchi va ikkinchi o’rinlar mos ravishda 74- 197-maktab o’quvchilari Norchayev Nodirbek va To’xtaboyev Dilshodlarga nasib etdi. “FIFA 19” simulyatoridagi bahslar ham shiddatli tarzda kambeklarga boy tarzda kechdi va yakunda, uchala o’rin ham 203-maktab o’quvchilariga tegishli bo’ldi. “Loser” setka finalida mag’lubiyatga uchragan Alisherov Rixsitilla 3-o’rinni qayd etdi, vitse-chempionlikni Siddiqov Dilshod, chempionlikni esa Najimov Shahzod qo’lga kiritdi.

G’oliblar O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Esports Uzbekistan Federatsiyasi, hamda Toshkent shahar va Uchtepa tuman hokimiyatlari tomonidan esdalik va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, Esports Uzbekistan tomonidan g’olib ishtirokchilarga O’zbekiston Professional Kibersport Ligasida ishtirok etish uchun to’g’ridan-to’g’ri imtiyozli yo’llanmalar taqdim etildi.

Published
Views 150

Comments

No Comments

Leave a Reply