Bundan bir necha kun avval O’zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi rahbariyati va kibersportchilardan iborat delegatsiya – AESF (Osiyo elektron sport federatsiyasi) tomonidan tashkil etilayotgan forumda va e-Masters Chengdu 2020 saralash bosqichi musobaqasida qatnashish uchun Tailandning Bankok shahriga yo’l olgandi.

Jahonning nufuzli kompaniyalaridan biri – The Sun Media Group va Thailand Esports Federation hamkorligida tashkil etilgan e-Masters Cup Bangkok 2020 mintaqaviy saralash o’yinlarida O’zbekiston nomidan PES 2020 yo’nalishida O’rta Osiyoning ikki karra chempioni – Team Uzbekistan milliy terma jamoamiz a’zosi Salohiddin Esanov qatnashdi.

Qur’a natijalariga ko’ra, Janubiy & Markaziy Osiyo mintaqasining “A” guruhidan o’rin olgan Esanovga Pokiston, Hindiston va Shri-Lanka mamlakatlaridan tashrif buyurgan kibersportchilar raqiblik qilishdi. “B” guruhidan esa Qozog’iston, Maldiv va Nepal jamoasi a’zolari joy olishdi.

Gurux bosqichini yirik xisobli g’labalar bilan boshlagan kibersportchimiz ishonchli o’yinlari bilan guruxdan chiqib olgan bo’lsa.
Play off yarim finalida esa Salohiddin Esanov B guruxining kuchli o’yinchilaridan biri Qozog’istonlik kibersportchini BO3 bahsida umumiy hisobda 2:0 yengdi va finalga yo’l oldi.

Chempionlik bahsida ham hamyurtimiz konsentratsiyani yo’qotgani yo’q. Qizg’in kurashlarga boy kechgan final bellashuvida ham BO3da Esanov hindistonlik kibersportchini umumiy o’yinlar bo’yicha 2:0 hisobida mag’lub etib, “PES 2020” yo’nalishida e-Masters 2020 Qualifiers ning Janubiy & Markaziy Osiyo mintaqasining chempioniga aylandi va Xitoyning Chengdu shahrida bo’lib o’tajak Grand-final yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

Published
Views 304

Comments

No Comments

Leave a Reply

RSS Cybernews