Esports Uzbekistan va Team Uzbekistan delegatsiyasi yaqindagina Hindistonning Bangalor shahrida tashkil etilgan Xalqaro Nations Cup turnirida ishtirok etib qaytishdi. Xalqaro munosabatlarni mustahkamlash va tajriba almashishda ushbu safar juda ham foydali bo’lganligini alohida ta’kidlab o’tish joiz. Shuningdek, yangi loyihalar va yangi hamkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi, ikki tomonlama kibersportni rivojlantirish, uni ommalashtirish bo’yicha bir necha takliflar berildi.

Bevosita tashkil etilgan Nations Cup turniriga to’xtaladigan bo’lsak, Pro Evolution Soccer 2020 yo’nalishida qatnashgan o’zbekistonlik Sanjar Usmonov turnirda yarim finalga qadar yetib bordi va eng kuchli to’rt kiberfutbolchi qatoridan o’rin oldi.

Ushbu turnir va marosimdan olingan eng sara fotolavhalarni e’tiboringizga taqdim etamiz:

Published
Views 136

Comments

No Comments

Leave a Reply

RSS Cybernews