Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbus yo’nalishidan o’rin olgan “aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan” dasturga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Esports Uzbekistan Federatsiyasi, hamda Toshkent shahar hokimiyati o’zaro hamkorlikda Uchtepa tumanida joylashgan 32 ta maktabni o’z qamroviga olgan kibersport musobaqasini tashkillashtirishmoqda.

Avval xabar berganimizdek, turnirning ilk bosqich uchrashuvlari 4 ta sektor bo’yicha o’tkazilgan edi va har bir yo’nalishdan eng kuchli 16 nafar kibersportchi musobaqaning final raundiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi.

Kuni kecha esa iqtidorli kibersportchilar “Milliy” stadioni hududida joylashgan UZ Arenada jam bo’lishdi va final yo’llanmasi uchun bahslarga kirishishdi. Murosasiz kechgan bahslardan so’ng, har bir yo’nalishdan 3 nafar eng sara kibersportchilar grand final bosqichining finaliga yo’l olishdi.

Grandfinal uchrashuvlari 31-may oqshomida soat 18:00da Uchtepa tumani hududida joylashgan Eko bog’da bo’lib o’tadi. Sizni qiziqarli bellashuvlardan tashqari, Shoxrux Reper hamda, boshqa estrada yulduzlari ijrosida konsert dasturi, mantiqiy o’yin va shoular kutmoqda!

Published
Views 126

Comments

No Comments

Leave a Reply

RSS Cybernews